Yangiliklarga qaytish

Mubtalo

Mubtalo
10.10.2026
🎭 “MUBTALO” — AVLODLARNI BIRLASHTIRGAN SAHNA ASARI! Andijon viloyati yoshlar teatrida taniqli dramaturg Alp Jamol qalamiga mansub “Mubtalo” spektakli namoyish etildi. ✨ Spektakl namoyishiga dramaturg Alp Jamolning qizlari, o‘g‘illari va nevaralari tashrif buyurdilar. Tomosha davomida aktyorlarning mahoratli ijrosi, obrazlarning hayotiyligi va asarning mazmun-mohiyati mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Ular spektaklni katta qiziqish bilan tomosha qilib, teatrdan yuksak kayfiyat, samimiy hayajon va iliq taassurotlar bilan qaytdilar. 🎭 Ijodkorning asarlari sahnada yashar ekan, uning nomi va ma’naviy merosi ham avlodlar qalbida yashayveradi. Bugungi uchrashuv ham Alp Jamol ijodiga bo‘lgan hurmat va ehtiromning yorqin ifodasi bo‘ldi. Haqiqiy ijodkorning umri uning asarlari, yaratgan qahramonlari va xalq qalbida qoldirgan izi bilan davom etadi. “Mubtalo” spektakli ham bugun ana shu ijodiy merosning barhayotligini yana bir bor namoyon etdi. Andijon viloyati yoshlar teatri matbuot xizmati