𝑰𝑱𝑶𝑫𝑰𝒀 𝑼𝑪𝑯𝑹𝑨𝑺𝑯𝑼𝑽 𝑽𝑨 𝒀𝑨𝑵𝑮𝑰 𝑰𝒁𝑳𝑨𝑵𝑰𝑺𝑯𝑳𝑨𝑹
Andijon viloyati yoshlar teatrida yangi ijodiy jarayonlarga qadam qo‘yilmoqda!
Davlat buyurtmasi asosida O‘tkir Hoshimov qalamiga mansub “Qatag‘on” asarini sahnalashtirish uchun taklif etilgan O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, taniqli rejissyor Olimjon Salimov bugun teatrimizga tashrif buyurib, jamoa bilan yaqindan tanishmoqda.
Uchrashuv davomida teatrning ijodiy muhiti, sahna imkoniyatlari va aktyorlarning salohiyati bilan tanishilib, bo‘lajak spektakl yuzasidan fikr almashilmoqda. Shuningdek, aktyorlar uchun mahorat darsi (master-klass) tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Ushbu ijodiy hamkorlik tajriba almashish, aktyorlarning kasbiy mahoratini oshirish va “Qatag‘on” spektaklini yuksak badiiy saviyada sahnalashtirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.
Andijon viloyati yoshlar teatri matbuot xizmati