Andijon viloyati yoshlar teatrining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va zamonaviy talablar darajasiga ko‘tarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan eng so‘nggi texnika avlodi bo‘lgan zamonaviy yoritish chiroq uskunalari taqdim etildi.
Ushbu texnik jihozlar teatr sahnasidagi yoritish imkoniyatlarini yanada boyitib, yangi spektakllar, ijodiy tadbirlar va badiiy loyihalarni yuqori sifatda namoyish etishga xizmat qiladi.
Andijon viloyati yoshlar teatri jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga ko‘rsatilayotgan bunday doimiy e’tibor va amaliy ko‘mak uchun samimiy minnatdorlik bildiradi.