#Yangi_spektakl_taqdimoti
31-mart kuni Andijon viloyat yoshlar teatrida milliy adabiyotimizning nodir durdonalaridan biri — O‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asari asosida, Xadyaxon Abidova inssenirovkasi bilan, mahoratli rejissyor Shorustam Abidov tomonidan sahnalashtirilgan tarixiy spektaklning jamoatchilik ko‘rigi bo‘lib o‘tdi.
Spektaklda buyuk bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Boburning bolalik va o‘smirlik yillarida taxt uchun kechgan murakkab kurashlari, uning ichki iztiroblari, orzu-umidlari hamda Vatan yo‘lidagi jonbozligi chuqur badiiy talqinda aks ettirilgan.
Taqdimotda Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy kengash a’zolari — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, mohir dramaturg Qo‘chqor Norqobil, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fathulla Ho‘jayev hamda Madaniyat vazirligi mutaxassisi, teatrshunos Saida Dadamirzayeva ishtirok etib, spektakl yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdilar. Mutaxassislar tomonidan spektakl premyerasiga ruxsat berildi.