#Yangi_spektakl_premyerasi
Andijon viloyat yoshlar teatrida
“Anda jonim qoldi mening”sahna asari Xadyaxon Abidova inssenirovkasi hamda mahoratli rejissyor Shorustam Abidov tomonidan zamonaviy yondashuvlar asosida sahnaga olib chiqildi.
Spektaklda yangi innovatsion texnologiyalar, yorug‘lik va sahna effektlaridan unumli foydalanilgani tomoshabinga yanada chuqur ta’sir bag‘ishladi.Asarda buyuk bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur ning bolalik va o‘smirlik yillaridagi murakkab hayot yo‘li, taxt uchun kurashlari, ichki kechinmalari hamda Vatanga bo‘lgan sadoqati yuksak badiiy talqinda aks ettirildi.
Premyerada ishtirok etgan mutaxassislar va komissiya a’zolari spektaklda qo‘llangan grim, libos va sahna bezaklaridan alohida hayratda qolganliklarini ta’kidladilar. Ayniqsa, yoshlar teatri sahnasida Boburning aynan yoshlik davri yoritish g‘oyasi nihoyatda to‘g‘ri tanlov bo‘lganini e’tirof etdilar.
Premyera Andijon viloyat yoshlar teatri ijodiy jamoasining yana bir yirik muvaffaqiyati sifatida e’tirof etilmoqda.