Yangiliklarga qaytish

“Sohibqirron Amir Temurning 690 yilligi”ga bagʻishlangan festival doirasida Andijon viloyati yoshlar teatri

“Sohibqirron Amir Temurning 690 yilligi”ga bagʻishlangan festival doirasida Andijon viloyati yoshlar teatri
15.04.2026
Samarqandda o‘tkazilayotgan “Sohibqirron Amir Temurning 690 yilligi”ga bagʻishlangan festival doirasida Andijon viloyati yoshlar teatri jamoasi faol ishtirok etdi. Tadbir davomida yosh ijodkorlar ustozlar bilan o‘tkazilgan master-klass mashg‘ulotlarida ishtirok etib, sahna mahorati bo‘yicha yangi bilim va tajribalar oldilar. Ustozlarning ibratli tavsiyalari va amaliy ko‘rsatmalari yoshlar uchun katta ilhom manbaiga aylandi. Tadbir yakunida ishtirokchilar ustozlar bilan esdalik suratga tushib, ushbu ijodiy uchrashuvni yorqin xotira sifatida muhrladilar. @andyoshlartheatr