Yangiliklarga qaytish

Bayram muborak, aziz madaniyat va san’at ustalari, ijodkorlari!

 Bayram muborak, aziz madaniyat va san’at ustalari, ijodkorlari!
15.04.2026
#Tabrik Bayram muborak, aziz madaniyat va san’at ustalari, ijodkorlari! 🎭Xalqimiz azaldan san’atsevar xalq. Hech bir soha, hech bir jabha yo‘qki - madaniyat, san’at shukuhi, sururi kirib bormagan bo‘lsa. San’at chinakam ma’noda, ilhombaxsh, ezgulik, tinchlik timsoli, ilm va bilim madhi, shijoat va g‘ayrat, quvonch va saodat, kuch-qudrat manbaidir! 💐Yangi O‘zbekistonimizda "15-aprel “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’at xodimlari kuni” bayrami chinakam san’at bayrami, do‘stlik va ijod kuni sharafli ravishda qutlovlar bilan keng nishonlanmoqda. Fursatdan foydalanib, jamiki madaniyat va  maʼnaviyat rahnamolari, san’at ahlini, ijodkorlarini bayram bilan muborakbod etamiz! Ijodingizga barkamollik, yorqin san’at, ilhombaxsh kayfiyat, o‘zingizga mustahkam sog‘lik, barcha samimiy tilaklarni yo‘llab qolgaymiz! Jonajon, sanʼatsevar xalqimizga xizmat qilishdan aslo tolmanglar! Andijon viloyat yoshlar teatri direktori - Xalilillo Jo‘raboev